Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hayotingda sodir bo’ladigan har bir yomon vaziyatda senda doim | 🌙

Hayotingda sodir bo’ladigan har bir yomon vaziyatda senda doim ikkita yo’l bo’ladi:
birinchisi o’zingga achinib, atrofda hammani yomonlash yoki bu vaziyatdan kerakli darsni olib yo’lingni davom ettirish!

Har bir senga xush kelmaydigan holatda doim ikkita tanloving bo’ladi:
dod-faryod solib o’tirish yoki bu holatni sen uchun xayirli tomonini topish.

Ortiqcha bo’lgan narsalarni chiqarib yuborsang, har bir vaziyat senga bir nechta tanlovlarni ko’rsatadi. Qay birini tanlash doim o’z qo’lingda bo’ladi.

Boshqalarni ayblash, o’ziga achinish, yig’lash, qobig’iga o’ralib olish doim eng oson tanlov, lekin zararli.
Unutma! Senga o’zingdan boshqa hech kim yordam berolmaydi. To’g’rilarni ko’rsatishi mumkin, maslahat berishi mumkin, lekin sen quloqlaringni yopib olganingdan keyin bundan ne naf?

Inson qanday yashashni o’zi tanlaydi. Senga yoqmayotgan yoki tushunmayotgan vaziyatlarda isyon qilishni, jaxl qilishni bas qil.
Savol berishni o’rgan!
Nima noto’g’ri, nimani anglashing kerak, nimani o’zgartirishing kerak, nimani tushunishing kerak?
Bularga javob topib, darsingni olmas ekansan, bir xil vaziyat hayoting davomida 100 martta qaytarilishi ham mumkin…

iffatliqalb