Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Mukofot jamg'armasi 100.000.000 so‘m bo'lgan olimpiada finali | SANOAT QURILISH BANK

Mukofot jamg'armasi 100.000.000 so‘m bo'lgan olimpiada finali 17-iyun kuni o‘tkaziladi!

Xabaringiz bor, 29-aprel kuni OTM talabalari va bank tizimi xodimlari uchun "SQB MATH OLYMPIAD -2023" olimpiadasining saralash bosqichi o‘tkazilib, 403 nafar ishtirokchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Olimpiadaning final bosqichi 17-iyun (shanba) kuni O‘zbekiston Milliy universitetini Matematika fakulteti binosida o‘tkaziladi.

Va'da qilinganidek, barcha final ishtirokchilariga O‘zsanoatqurilish ATB ko‘magida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" kitobi taqdim etiladi.

G‘oliblar umumiy hisobda 100.000.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

Finalchilar mos ravishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda xizmat guvohnomasi (bank tizimi xodimlari) va talabalik guvohnomasi bilan kelishlari shart!

Final bosqichida quyidagii yo‘nalishlardagi 30 ta topshiriq uchun 1,5 soat vaqt beriladi:

10 ta Muammoli masalalar (3 balldan)
10 ta Tanqidiy fiklash (3,1 balldan)
10 ta IQ test (3,9 balldan).
Jami maksimal ball - 100

Qo‘shimcha savollar: @khiso_lc_admin