2023-01-15 18:00:04
KO’NGIL
Ko’ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Haqorat dilni og’ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi,
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo’yin egma,
Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!..
MEN VA BOSHQALAR
Abdulhamid Cho’lpon
Bitta menga bu sher qayta-qayta chuqur o'ylantirib ma'no bermoqdami!
67 views15:00