ULOQCHA Sakrab yurar uloqcha, Bo'ynida qo'ng'iroqcha. Uloqcha | SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

ULOQCHA

Sakrab yurar uloqcha,
Bo'ynida qo'ng'iroqcha.
Uloqchaga suv berar
Tol tagida buloqcha.
Uloqchaning fe'lidan
Qo'rqib turar nihollar.
Sindirma deb niholni,
Quvlab qolar shamollar
Qarang echki xolani
Shoxini, suzib kelar.
Dikirlama, uloqcha,
Bebosh-u bequloqcha!
Yaxshi gapga kirmasang,
Suv bermaydi buloqcha!
SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

@sher_maqol
2.69K Подписчиков
Книги Категория
Лайло Алишеровна канали. Каналда болаларнинг Севимли шоираси Кавсар Турдиева ва бошка болалар шоирлари шеър...