Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#shirinlik Blinchikli rulet Kerakli masalliqlar: 3ta tuxu | Vkusno_by_Seva

#shirinlik

Blinchikli rulet

Kerakli masalliqlar:
3ta tuxum
300 ml sut
200 ml suv
1choy qoshiq razrexlitel
5-6 osh qoshiq yog'
3-4 osh qoshiq shakar
Keraklicha un
400gr tvorojniy sir
200gr saxirniy pudra
100gr kakao

Tayyorlanishi:
Tuxum, razrexlitel va shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz.
Ustidan iliq sut va azginadan un, kakao solib yaxshilab aralashtiramiz. Ustidan yog’ solamiz. Blinchikli massa kamochkasiz bo’lishi uchun iliq suv solib yaxshilab aralashtirib tashimiz. Shunda massamiz tiniq massaga keladi. Videoda ko’rsatilgandek suyuqroq massa bo’lishi kerak. Tindirishga 15-20minut olib qo’yamiz. Qizigan tovada 1cho’michdan solib, oldi orqasini pishirib olamiz.

Asosiy qoida: Unli massani sitadan o’tqizishila shart!

Nachinkasi uchun:
Tvorojniy sir bilan saxirniy pudrani bir xil massa bo’lguncha mikser qivolamiz.

Videoda ko’rsatilgandek, blinchiklarimizni ketma-ket qo’yib, krem surtib, videoda ko’rsatilgandek rulet shaklida o’rab chiqamiz.

Xohishga ko’ra dekor qilamiz

Yoqimli ishtaha

Retsept yoqqan bo’lsa reaksiya qoldiring

Telegram | Instagram | YouTube.