Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Noodatiy nonushta Kerakli masalliqlar: Tovuq filesi 200gr S | Vkusno_by_Seva

Noodatiy nonushta

Kerakli masalliqlar:
Tovuq filesi 200gr
Sir 100gr
Jo’xori 100gr
Tuxum 3ta
Non talqoni 100gr
Baton yoki sendvich noni 5-6ta
Piyoz 1ta
Sut 100ml
Slivki 100ml
Kraxmal 1oshqoshiq
Ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar
Chesnok 2zubchik

Tayyorlanishi:
Tovaga yog’ solib, qizigan yog’da mayda kubik to’g’ralgan piyozni qovuramiz. Ustidan maydalangan chesnok va kubik to’g’ralgan tovuq filesini ziravorlar bilan qovurib olamiz. Ustidan sut solib, ustini ochib 5minut pas olovda qaynatib olamiz. Ustidan slivki va kraxmal solib yaxshilab aralashtiramiz. Gaz tegini o’chirib qo’yamiz. Massa sekin quyuqlashadi. Nonimizni chetlarini kesib, o’qlovda tekislab olamiz. Sovugan massamizga qirg’ichdan chiqarilgan sir va jo’xori solib aralashtirib olamiz. Videoda ko’rsatilgandek non ichiga nachinka solib, chetiga sut qilib yopishtirib chiqamiz. Tuxumga ziravorlar solib aralashtirib olamiz. Nonimizni birinchi tuxumga keyin talqonga qilib qizigan yog’da qovurib olamiz.

Xohishga ko’ra dekor qilamiz

Yoqimli ishtaha

Retsept yoqqan bo’lsa reaksiya qoldiring

Telegram | Instagram | YouTube.