Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Sabzili gazak Kerakli masalliqlar: 3 ta qizil sabzi | Vkusno_by_Seva

Sabzili gazak

Kerakli masalliqlar:

3 ta qizil sabzi
20 g atrofida sariyog'
4 ta tuxum

Nachinkasiga:
Ukrop
Tvorojniy sir 200gr

Tayyorlanishi:

Sabzilarni qirg'ichdan o'tkazamiz. Sariyog'ni tovada eritib sabzini qovurib olamiz va xohishga ko'ra ziravor sepib tepasini yopib 5 daqiqaga olib qo'yamiz.
Tuxumlarni oqini sarig'idan ajratib olamiz. Sariqlarini sabzili massaga solib aralashtiramiz. Keyin oqini yaxshilab oppoq qilib ko'pirtirib uni ham sabzili massaga qo'shamiz.
Duxovka patnisiga pergament qog'oz solib tayyor massamizni bir tekis qilib yoyamiz. 180° qizigan duxovkada 15 daqiqa davomida pishiramiz. Olib sovutishga qo'yamiz.

Nachinka:
Ko'katlarni maydalab to'g'rab olamiz.Tvorojniy sir yoki smetana+ suzmaga hammasini qo'shib yaxshilab aralashtirib olamiz.
Sovugan sabzili massaning ustiga nachinkani bir tekis qilib yoyib, ehtiyotkorlik bilan rulet qilib o'raymiz va 1 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Tayyor zakuskani chiroyli qilib kesib dasturxonga tortamiz. Xohishga ko’ra dekor qilamiz.

Yoqimli ishtaha

Retsept yoqqan bo’lsa reaksiya qoldiring


Telegram | Instagram | YouTube.