Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Restarancha Saç Tava uy sharoitida Kerakli masalliqlar: Lah | Vkusno_by_Seva

Restarancha Saç Tava uy sharoitida

Kerakli masalliqlar:
Lahm go’sht 500 gr
Piyoz 2 ta
Qizil balgarskiy 1 ta
Yashil balgarskiy 1 ta
Sariq balgarskiy 1 ta
Pomidor 2 ta
Tamat pastasi 1 osh qoshiq
Dunganskiy 2 ta
Bulgur 200 gr
Ziravorlar
Shakar 1 choy qoshiq


Tayyorlanishi:
Mayda parrak to’g’ralgan go’shtimiz ustidan hohishga ko’ra ziravorla solib azgina yog’ bilan marinovka qilib keyin qizib turgan yog’ga solib qovurib olamiz. Yaxshilab qovurilgach ustidan piyoz bilan mayda tog’ralgan dunganskiy garimdori solib qovuramiz. Keyin ketma ketlikda pomidor, tamat, shakar, parrak tog’ralgan dunganskiy garimdorini qovurib so’ng past olovda pishirib olamiz. Pishishiga azgina qoganda balgarskiylani solib 5 daqiqa qovurib turamiz.
Alohida idishda bulgurlani yuvib tovoga yog’ solib qovurib olamiz. Ziravorlar solib ustidan 100 ml suv quyib guruchga oxshab pishirib olamiz

Taomimiz tayyor hohishga ko’ra dekor qilib dasturxonga tortamiz

Yoqimli ishtaxa
Retsept yoqqan bo’lsa reaksiya qoldiring


Telegram | Instagram | YouTube