Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Snikersli milk sheyk Kerakli masalliqlar: 100 g eri | Vkusno_by_Seva

Snikersli milk sheyk

Kerakli masalliqlar:

100 g eritilgan shokolad
Ozgina yeryong'oq mag'izi
100 g muzqaymoq
2-3 ta kichkina snickers
200 ml sut
Hohishga ko'ra Shanti kremi

Tayyorlanishi:

Eng avval stakanlarimizning chetini eritilgan shokoladga keyin esa yeryong'oqqa botirib olamiz va patnosga ag'darib muzlatgichga 5 daqiqaga yuboramiz.
Blenderga bo'lib olingan muzqaymoq, snickers, pechenye va sut solib yaxshilab aylantirib olamiz. Keyin ustiga eritilgan shokoladimizni solib yana bir marta aylantiramiz.
Muzlatgichdagi stakanlarimizni olib tayyor milk sheykimizni quyamiz va hohishga ko'ra tepasiga shanti krem bilan chiroyli qilib bezak beramiz.

Eng mashhur milk sheyk tayyor

Yoqimli ishtaha