Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Mazali go'shtli taom Kerakli masalliqlar: Marinov | Vkusno_by_Seva

Mazali go'shtli taom

Kerakli masalliqlar:

Marinovka uchun:
lahm go'sht
2 bo'lak sarimsoq
3-4 osh qoshiq qatiq
2-3 osh qoshiq soya
Sarimsoqli ziravor
Oregano
Tuz
2-3 osh qoshiq tomat pastasi
3 ta katta kartoshka
4-5 ta piyoz
3-4 osh qoshiq suv
1 ta dungan qalampiri
10-12 ta cherri pomidori

Tayyorlanishi:

Avval go'shtimizni marinovka qilamiz.
Go'shtni parrak parrak qilib to'g'rab mayda to'g'ralgan sarimsoq, qatiq, soya sousi, ziravorlar va tuz, xohishga ko'ra tomat pastasi solib qo'limiz bilan aralashtiramiz. 2-3 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Kartoshkalarni videodagidek parrak qilib to'g'rab yog'da qizartirib qovurib olamiz.
Marinovka bo'lgan go'shtimizni qizib turgan yog'da qovurib olamiz. Yirik to'g'ralgan piyozlarni solib o'ldirib olamiz. Suv solib dungan qalampirini ustiga qo'yib 25 daqiqaga dimlab qo'yamiz. Tayyor bo'lishiga 5 daqiqa qolganda cherri pomidorlarni solib yana 5 daqiqa dimlaymiz.
Qovurib olgan kartoshkalarimiz bilan birga laganga suzib dasturxonga tortamiz!
mazasiga gap bo'lishi mumkinmas

Yoqimli ishtaha
Retsept yoqqan bosa reaksiya qoldiring