Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Qudalabop Mastava Kerakli masalliqlar: Qovurg'a 1kg Kartos | Vkusno_by_Seva

Qudalabop Mastava

Kerakli masalliqlar:
Qovurg'a 1kg
Kartoshka 2ta
Piyoz 2ta
Sabzi 2ta
Balgarskiy qizil 1ta
Yashil balgarskiy 1ta
Archali priprava ta'bga ko'ra
Tomat 2oshqoshiq
Shakar ta'bga ko'ra
Tuz ta'bga ko'ra
Pomidor 3ta
Kinza va selder ta'bga ko'ra
Qizil va yashil balgarskiy 0,5tadan
Chesnok 3-4zubchik
Guruch 200gr

Tayyorlanishi:

Qozonga yog' solib, qizigan yog'imizga qovurg'alarimizni solib, ziravorlar bilan qovurib olamiz. Ustidan mayda kubik to'g'ralgan piyoz, archali priprava solib yana qovurib olamiz. Mayda kubik to'g'ralgan sabzi, chesnok, balgarskiylarimizni solib yana qovuramiz. Ustidan kartoshka solib birrov qovurib, ustidan qizil tomat solib aralashtiramiz. Shakar solish esiladan chiqmasin .Sababi, tomatni taxirini oladi

Taom rangi yanayam chiroyli chiqadi.
Sho'rvalarga har doim qaynagan suv solish kerak va pas olovda 2-3soat qaynatib qo'yamiz.

Mastavani guruchini hardoim alohida pishirib olamiz. Guruchni 2minut yog'da qovurib, tuz va ozginadan suv solib ustini dimlab pishirib olamiz.

Tayyor xamirni videoda ko'rsatilgandek yoyib, kesib, ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjut sepib, 180gradusda qizarguncha pishirib olamiz.
Mastavani suzishdan 15minut oldin, mayda to'g'ralgan pomidor, selder, kinza, chesnok va balgarskiylarni bitta idishga solib yaxshilab aralashtirib, mastavani ichiga solib, xohishga ko'ra videoda ko'rsatilgandek dekor qilib dasturxonga tortamiz.
Bu usulda mastava tayyorlasez. Boshqa usuldan foydalanmisiz
Mastavamiz tayyor

Yoqimli ishtaha
Retsept yoqqan bo’sa reaksiya qoldirila

Telegram | Instagram | YouTube