Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Iftorlik dasturhoni uchun ayni muddao Hammeladan layk va komme | Vkusno_by_Seva

Iftorlik dasturhoni uchun ayni muddao
Hammeladan layk va kommentariya kutib qolaman
Un oshi

Kerakli masalliqlar:
Frikadelka uchun:
Farsh 500gr
Piyoz 1ta
Sabzi 1ta
Tuxum 1ta
Tuz va aralash ziravor

Padlivasi uchun:
200gr lahm go’sht
1ta piyoz

Tayyorlanishi:
Farshga blendrlangan piyoz, qirg’ichdan chiqqan sabzi, tuxum, tuz va aralash ziravor solib aralashtiramiz. Frikadelkala qilib, paket qo’yilgan taxtakachga qo’yib, muzlatgichga olib qo’yamiz.

Qizib turgan yog’da, mayda kubik go’sht va piyozni tuz va aralash ziravor solib yaxshilab qovurib olamiz. Mayda kubik qizil sabzi, 3xil balgarskiy solib qovuramiz. Keyin ustidan mayda kubik kartoshka solib qovurib olamiz. Ustidan yana blendrlangan pomidor solib, qovurib, ustidan suv solib, 25minutga dimlab qo’yamiz.

Katta qozonga suyakli go’sht, lavr bargi, tuz va aralash ziravor solib, frikadelka solib, 40minut atrofida qaynatamiz. Tayyor bo’lgan podlivani sho’rvani ichiga solib, tayyor virmishilka solib, virmishilka pishguncha qaynatamiz. Xohishga ko’ra dekor qilamiz.

Yoqimli ishtaha