Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

2023-yilning ilk yirik kibersport musobaqasini qarshi olishga | 2SETT Pubgm

2023-yilning ilk yirik kibersport musobaqasini qarshi olishga tayyormisiz?

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, hamda Esports Uzbekistan Federatsiyasi Prezident qaroridan o’rin olgan “Uzbekistan Esports Championship” musobaqasiga start bermoqda.

Musobaqa 3 bosqichda o’tkaziladi: tuman va shahar bosqichidan boshlanib, viloyat grand finaliga yo’llanma qo’lga kiritish uchun bahslar olib boriladi. Yakunda har bir viloyat g’oliblari respublika grand finaliga yo’l oladi.

Butun respublikamiz bo’ylab o’tkaziladigan “Uzbekistan Esports Championship” turnirida CS:GO, DOTA 2, FIFA 2023, eFootball 2023 va PUBG Mobile yo’nalishlarida o’z imkoniyatlaringizni sinab ko’ring. Eng iste’dodli va sovrindor o’rinlarga ega chiqqan kibersportchilar O’zbekiston milliy terma jamoasi (“Team Uzbekistan”)ning kengaytirilgan qaydnomasidan o’rin oladi.

Musobaqaga oid ma’lumotlar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda keng yoritib boramiz. Bizdan uzoqlashmang!

Telegram | Instagram | Youtube | Esports.uz | Facebook