Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

School_№255

Логотип телеграм канала @school_255 — School_№255 S
Логотип телеграм канала @school_255 — School_№255
Адрес канала: @school_255
Категории: Образование
Язык: Русский
Количество подписчиков: 1.25K
Описание канала:

Yashnobod tumani Tuzel-2 29а
Tel: 71 2975791

Рейтинги и Отзывы

5.00

2 отзыва

Оценить канал school_255 и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

2

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения

2022-07-02 18:47:34
Kecha, 1-iyul kuni "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi “Zakovat” pavilyonida “Zakovat” o‘yinlari va mahorat darslari o‘tkazildi.
Intellektual o‘yin jozibasi bog‘da sayr qilib yurganlarni befarq qoldirmadi. Natijada, bir zumda pavilyon “Zakovat” o‘yinida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar bilan to‘ldi.

Pavilyonda tashkil etilgan “Zakovat” o‘yinlari va mahorat darslarining birinchi kunida poytaxt va Toshkent viloyatining Jumabozor, Shahriston, Chinorbuloq, Yangibozor kabi bir necha mahallalaridan tashrif buyurgan qiziquvchilar qatnashdi. O‘yinda o‘zini ko‘rsatgan ishtirokchilar turli qiziqarli sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Umuman olganda, o‘yinda turli yosh toifalaridagi fuqarolar qatnashdi. Hatto keksa yoshli ishtirokchi ham o‘z kuchini sinab ko‘rdi.

Aytish lozimki, ishtirokchilarga o‘yindan tashqari mahorat darsi ham tashkil etildi. Unda qatnashchilarga o‘yinda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari ko‘rsatildi, shuningdek savollarga qanday javob topish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.

Ma’lumot uchun, bugun ham soat 19:30dan 21:30gacha “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi “Zakovat” pavilyonida “Zakovat” o‘yinlari va mahorat darslari tashkil etiladi. “Zakovat”ga befarq bo‘lmagan barchani unda ishtirok etishga taklif qilamiz.

@zakovat
228 viewsDilora Jurayeva, 15:47
Открыть/Комментировать
2022-07-02 18:47:34
Bugun "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida barpo etilgan “Zakovat” pavilyonida “Zakovat” o‘yinlari va mahorat darslarini o‘tkazdik. Unda intellektual o‘yinlarga befarq bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishdi. E’tiborimizni Toshkent shahrining 255-maktab o‘quvchisi - Abdurahmonova Mumtozbegim tortdi. Aslida Mumtozbegim oila a’zolari bilan bog‘ga hordiq chiqarish uchun kelgan. “Zakovat”ga esa bog‘ bo‘ylab yo‘l-yo‘lakay o‘tib ketayotib duch kelishgan.

Mumtozbegim juda zehnli, ziyrak qiz ekan. Savollarni ketma-ket topa boshladi va hammani hayratga soldi. Hattoki kattalarni o‘ylantirib qo‘ygan savollarni ham u osonlik bilan yecha oldi.

Mumtozbegim bugun biz uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Umid qilamizki, uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib boradi va kelgusida biror-bir sohaning ilg‘or vakiliga aylanadi. Bu yo‘lda Mumtozbegimga omad tilaymiz!

Bugungi o‘yinlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

@zakovat
121 viewsDilora Jurayeva, 15:47
Открыть/Комментировать
2022-06-30 15:49:07
#SMART_SUMMER

Yashnobod tumani 255-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda samarali oʻtkazish maqsadida "SMART SUMMER" nomli sogʻlomlashtirish maydonchasining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi .
Ushbu maydonchada:
ingliz tili
informatika
notiqlik
mental arifmetika
raqs
sport
STEAM
toʻgaraklarining faoliyati olib borilgan edi.

Yopilish marosimida:

Bir oy davomida oʼrgangan kuy-u qoʻshiqlari hamda ajoyib raqslaridan tashkil topgan teatrlashtirilgan tomoshalari barchaga manzur boʻldi.

Yopilish marosimi soʼngida esdalik sifatida anʼanaga aylangan guruh rahbarlarining kiyimlariga oʼz ismlarini hamda tilaklarini yozib qoldirishdi.

Faol boʼlgan oʼquvchilar munosib taqdirlandi
365 viewsDilora Jurayeva, 12:49
Открыть/Комментировать
2022-06-30 07:43:01
Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati issiq bo‘lgan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste'mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
278 viewsDilora Jurayeva, 04:43
Открыть/Комментировать
2022-06-28 18:58:46
Яшнобод тумани Халқ таълими бўлими тасарруфидаги умумтаълим мактабларини 2021-2022 ўқув йилида жами 2857 нафар ўқувчилар тамомлади.

Таълим муассасасини намунали хулқи ҳамда аъло баҳога битирган 21 нафар битирувчиларга кумуш, олтин медаллар ва уларнинг ота-оналари билан бирга мактаб директорларига ташаккурномалар топширилди.

Facebook / Youtube / Instagram / Web-site
334 viewsDilora Jurayeva, 15:58
Открыть/Комментировать
2022-06-27 20:17:52
#BIZ_SIZ_BILAN_FAXRLANAMIZ

Yashnobod tumani 2021-2022 oʼquv yili mobaynida aʼlo baholarga oʻqigan Oltin hamda Kumush medallarining sohibiga aylangan oʻquvchilarni taqdirlash maqsadida Mono markaz binosining faollar zalida tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimida tuman hokimi B.T.Raxmonqulov, Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari I.Narimov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

255-SONLI UMUMIY OʼRTA TAʼLIM MAKTABINING BIR QATOR OʼQUVCHILARI TA’LIM DARGOHIDA DOIMIY RAVISHDA A’LO BAHOLARGA O’QIGAN, ATROFDAGILARGA CHIN MA’NODA O’RNAK BO’LA OLGAN O’QUVCHILARDAN 3 NAFARI OLTIN, 2 NAFARI KUMUSH MEDALLARINING SOHIBI BO’LISHDI VA TANTANALI RAVISHDA TAQDIM ETILDI.

ALLAYAROV BEKZODBEK- OLTIN
USMONALIYEVA SHAXRIZODA-OLTIN
SALIMOV JAMSHID-OLTIN
AVAZOV AZIZBEK-KUMUSH
AZIZOV AZAMAT-KUMUSH

USHBU O’QUVCHILARGA TA’LIM BERGAN USTOZLARIGA, DOIMO QO’LLAB TURGAN OTA-ONASIGA O’Z MINNATDORCHILIGIMIZNI BILDIRAMIZ.
396 viewsDilora Jurayeva, 17:17
Открыть/Комментировать
2022-06-25 20:32:12
Yashnobod tumani 255-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida xalqning fikri hamda bu oʼzgarishlarning mazmun mohiyati toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Baxtimiz qomusi boʼlgan Konstitutsiyamizdagi oʻzgarishlar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.I.Litvinova, Yashnobod tuman Xalq deputatlari kengashi deputati V.A.Adilov, Ekologiya partiyasining Toshkent shahar boʻlimi raisi oʼz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

Shuningdek, yigʼilganlar tomonidan ushbu oʼzgarishlar boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va fikrlarini bayon qilishdi.
Ayniqsa, 255-maktabning davlat huquq asoslari fani oʻqituvchisi M. Yulchiyeva tomonidan yoʻllangan savol oʼrinli boʼldi.
1.4K viewsDilora Jurayeva, 17:32
Открыть/Комментировать