Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Mening hayotimning yarmi O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda 'K | Aliaskarov Sobir | #Vlog18

Mening hayotimning yarmi O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda "Kamalak" bolalar tashkilotida o'tgan.

Men har doim yoshlarga tashkilotda olgan bilim ko'nikmalarimni bo'lishishdan to'xtamayman va nima bo'lishidan qat'i nazar, maqsadimga erishaman.

Men tashkilotimda ko'p narsani o'rgandim, na faqat tashkiliy masalalarni,balkim hayotiy masalalarni ham. Tashkilot menga ko'p do'stlarni sovg'a qildi, desa ham bo'ladi.

Tog'risini aytaman, tashkilotga qadam tashlaganimda, rosa dangasa, ikkichi, oddiy yosh bola edim. Hozirgi kunda esa Toshkent Shahrining ma'suliyati kuchli yo'nalishlaridan bittasi "Matbuot va media" yo'nalishi sardori hamda Toshkent shahar Sardorlar Kengashi "Matbuot Xizmati" rahbari lavozimida ishlab kelaman.

P/s: Bir gap bilan aytganda "Tashkilot senga rahmat!"
Men bilan doimiy ravishda oldimda bo'lgan yaqinlarim,rahbarlar hamda qadrdonlarimga alohida rahmat

#AliaskarovSobir