Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Smartfonlarimizni sovuq havoga tayyorlaymiz. Tashqarida allaq | Samsung Uzbekistan

Smartfonlarimizni sovuq havoga tayyorlaymiz.

Tashqarida allaqachon qish, demak, uzoq vaqt davomiy sovuqlar kutilmoqda.
Noldan past haroratlarda gadjetlar odatdagidan tezroq quvvatni yo’qotishi, unumdorligi pasayishi va ba’zan qurilma butunlay o'chib qolish holatlari kuzatilishi mumkin.

Aksariyat hollarda smartfonlarni past haroratlarda ishlatish tavsiya etilmaydi, ammo qisqa muddatga foydalanish qurilmaga zarar yetkazmaydi.

3 qoidaga amal qilishga harakat qiling:
1. Gadjetni asta-sekin isiting. Qurilmani batareyaga yoki boshqa isitish moslamalariga qo'ymang. Telefon korpusida harorat to’satdan o’zgarishini oldini oling.
2. Smartfoningizni ochiq havoda noldan past haroratlarda zaryad qilmang. Sovuq batareyani zaryadlash qurilmaga zarar yetkazishi mumkin: umumiy quvvatini kamayishi va hatto uni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
3. Sovuqdan kirishingiz bilan darhol telefoningizni zaryad qilmang. Gadjetni avval xona haroratiga qizdiring.

Endi nima uchun telefon quvvati sovuqda o’chib qolishi va vaziyatni qanday tuzatish haqida batafsilroq havolada o'qing.