Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​AKADEMIK QARZDOR 1-2 KURS TALABALARI DIQQATIGA! #arxitektura | Arxitektura fakulteti │ SamDAQU

AKADEMIK QARZDOR 1-2 KURS TALABALARI DIQQATIGA!
#arxitektura_fakulteti #talabalari

Xabaringiz bor ''Arxitektura'' fakulteti kanalida o'tgan o'quv yilining 2-semestr fanlaridan qarzdor talabalar uchun kreditlarni 5-avgustgacha to'lash keragligi ma'lum qilingan.

Shu bois kredit-modul tizimi bo’yicha akademik qarzdor talabalar qarzdorlik sababli qayta o’qish uchun to’lovni amalga oshirganlarida vazirlar mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan

“Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 41-42 bandlariga binoan akademik qarzdor talabalar fanlanlardan o’quv mashg’ulotlariga to’liq qatnashishlari, berilgan topshiriqlarni bajarishlari va oraliq hamda yakuniy nazoratlarni topshirishlari lozim bo’ladi. Aks holda garchi to’lovni amalga oshirgan bo’lsalarda fanlardan yana akademik qarzdorlik vujudga kelib, qilgan to’lovlariga ”KUYIB” qolishlari mumkin va

Akademik qarzdorlikni fandan topshirishlari uchun yana to’lovni amalga oshirishlariga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda ko’pgina akademik qarzdor talabalar o’quv mashg’ulotlariga qatnashmasdan kelmoqdalar. Akademik qarzdorlik uchun to’lovni amalga oshirish fanni o’zlashtirish deb qaralmaydi. shuning uchun e’tiborli bo’lingizlar!
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouYube
| Tik Tok | Telegrambot |