Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVGA TAQDIM ETILADIGAN ISHLAR UCHUN TALA | Arxitektura fakulteti │ SamDAQU

RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVGA TAQDIM ETILADIGAN ISHLAR UCHUN TALABLAR:

Ko‘rik tanlovga tavsiya etiladigan ishlarda dolzarblilik, innovatsion g‘oya, yechim va tugallanganlik o‘z aksini topishi lozim.
Tadbirda ishtirok etuvchilar soni cheklanmagan.

Ko‘rik tanlovga tavsiya etiladigan ishlar nomi qo‘shtirnoq ichida bosh harf bilan yozilishi, o‘lchami, mato, bajarilgan yili, muallifning ismi, familiyasi, ta’lim muassasasi nomi ko‘rsatilishi lozim.

Nominatsiyalar ishtirokchilari o‘z bitiruv malakaviy ishlari, diplom loyihalari, magistrlik dissertatsiyalari bilan qatnashishlari mumkin emas.

Ko‘rik tanlovga tavsiya etiladigan ishlar o‘rtasida raqobat vujudga kelganda tanlov Hay’at komissiyasi mualliflar tomonidan g‘oliblar o‘rtasida o‘zaro “Mahorat bellashuvi” o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

So‘rovnoma TAQI yangiistedod2022@gmail.com va yangi_istedodlar2022@umail.uz pochtasiga jo‘natilishi talab etiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
(71) 235-32-66, (97) 424-05-20.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnomani qabul qilishning oxirgi muddati 2022 yil 20 may soat 24:00 gacha.

Barcha yangiliklar va qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining www.mc.uz sayti va Toshkent arxitektura-qurilish institutining www.taqi.uz saytining e’lonlar va yangiliklari ruknlaridan bilib olishingiz mumkin.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish ishchi guruh manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9 uy. Toshkent arxitektura-qurilish instituti.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz