2021-06-08 12:30:08
Мы перевели дух, переварили эмоции, переполнявшие нас, и теперь готовы поделиться тем, как прошёл наш 𝗜𝘀𝘂𝘇𝘂 𝗗-𝗠𝗮𝘅 𝗔𝗥𝗔𝗟 𝗧𝗢𝗨𝗥.
⠀
Начнём!
Ущелье Сармышсай.
Мы увидели уникальные археологические памятники каменного века и удивились их сохранности — наскальные изображения выглядят так, будто им нет и ста лет, хотя некоторые из них датируются VII в. до н.э. Мы словно побывали в древней галерее современного искусства!
Координаты: 𝟰𝟬.𝟯𝟬𝟱𝟬𝟬𝟬, 𝟲𝟱.𝟲𝟭𝟲𝟲𝟮𝟰
⠀
На следующий день нас ждал и Вабкентский минарет — один из старейших архитектурных памятников города Вабкент. Он восхитил наш взор своим масштабом, величественностью и гармоничностью, возвышаясь над городом словно неприступная крепость. Мы узнали, что Вабкентский минарет имеет высоту 40.3 м., и является вторым по величине после знаменитого бухарского минарета Калян!
Координаты: 𝟰𝟬.𝟬𝟭𝟵𝟲𝟵𝟱, 𝟲𝟰.𝟱𝟭𝟳𝟴𝟬𝟴
⠀
Завтра мы продолжим рассказывать о своем автопутешествии. Следите за очерками по хештегам #ARALTOUR #SamAuto #IsuzuDMax
⠀
⠀
Biz nafasimizni rostlab, to'lib-toshgan zavqli his-tuyg'ularimizni birozgina tinchlantirib, siz bilan 𝗜𝘀𝘂𝘇𝘂 𝗗-𝗠𝗮𝘅 𝗔𝗥𝗔𝗟 𝗧𝗢𝗨𝗥 taassurotlari bilan baham ko'rishga shaylandik.
⠀
Qani boshladik!
Sarmishsoy darasi.
Biz, tosh asridagi noyob arxeologik yodgorliklarni ko'rdik va ularning hozirgacha saqlanib qolganidan hayratlandik — toshga chizilgan rasmlarga go'yoki yuz yil ham bo'lmaganga o'xshaydi, garchi ularning ba'zilari miloddan avvalgi VII asrga tegishli. Biz o'zimizni zamonaviy san'atning qadimiy galereyasida bo'lgandek his qildik!
Koordinatlar: 𝟰𝟬.𝟯𝟬𝟱𝟬𝟬𝟬, 𝟲𝟱.𝟲𝟭𝟲𝟲𝟮𝟰
⠀
Ertasi kuni bizni Vabkent shahrining eng qadimiy me'moriy yodgorliklaridan biri bo'lgan — Vabkent minorasi kutar edi. U shahar ustidan mustahkam qal'a singari qad ko'tarib, bizni o'zining mislsiz ulkanligi, ulug'vorligi va uyg'unligi bilan quvontirdi. Vabkent minorasining balandligi 40,3 m bo'lib, balandligi bo'yicha Buxorodagi mashxur "Minorai Kalon"dan keyin, ikkinchi o'rinda turishini bilib oldik!
Koordinatlar: 𝟰𝟬.𝟬𝟭𝟵𝟲𝟵𝟱, 𝟲𝟰.𝟱𝟭𝟳𝟴𝟬𝟴
⠀
Ertaga biz avtosafarimiz haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz. #ARALTOUR #SamAuto #IsuzuDMax xeshtegi ostidagi hikoyalarimizni kuzatib boring.
378 views09:30