Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Aziz haydovchilar, diqqat! Qatnovga chiqishdan oldin ehtiyot c | SamAuto_official

Aziz haydovchilar, diqqat!
Qatnovga chiqishdan oldin ehtiyot choralarini ko'ring va transport vositasining safarga to'liq tayyorligiga ishonch hosil qiling

Qatnovga chiqishingizdan oldin quyidagilarni qat'iy tavsiya qilamiz:

Avtobusning shikastlanmaganiga, texnologik suyuqliklar oqishi va gaz isini chiqmayatganligiga amin bo’ling;
Gaz ballonlari, shtutser birikmalari va yuqori bosim naychalarining mahkamlanganligini diqqat bilan tekshiring;
Asosiy gaz quvuriga, gaz quvurlariga tashqi mexanik ta'sir yo'qligiga, shuningdek ularga zarar yetmaganiga ishonch hosil qiling;
Gaz ballonini ko'zdan kechiring (u ishonchli tarzda mahkamlanganmi, tebranishlar paydo bo’lmadimi);
Shuni unutmangki, har yili to'liq texnik ko'rikdan o'tish lozim va gaz ballonlari har uch yilda bir marta bosim bilan sinalishi kerak;
Yoqilg'i tizimini faqat ishonchli joylarda almashtirish kerak;
Shuningdek, gaz ballonlarini ruxsat etilgan hajmdan ortiq to'ldirmaslik qat'iy tavsiya etiladi.

Yodingizda bo'lsin, siz yo'lovchilarning hayoti uchun javobgarsiz. Eng muhimi - xavfsizlik, ehtiyotkorlik va tartibga rioya qilishdir.