Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Самые важные глаголы Eng asosiy fe'llar | Rus tilini oson o'rganish

Самые важные глаголы
Eng asosiy fe'llar


Бежать - yugurmoq:(Bekat)Tasavvur qiling,katta qora begemot ko'chada akulani ko'rib
qo'rqqanidan bekat tomon yugurib ketdi;
Бояться - qo'rqmoq:(Boyasta)Siz boy otadan qo'rqib sekin asta uning pulini olib qochib
ketdingiz;
Брать - olmoq:(Barg)Tasavvur qiling,siz daraxtda oltin bargni ko'rib qoldingiz va uni olish uchun
10 metrlik daraxtga chiqmoqdasiz;
Быть - bo'lmoq:(Bit)Kichkina bit odam bo'laman,deb sochingiz ichida yugurib yuribdi;
Видеть - ko'rmoq:(Bilet)Amerikaga olgan biletingiz sizni yaqinroq ko'rish uchun ko'zoynak sotib
oldi;
Владеть - egalik qilmoq:(Validieta)Qiziqchi Vali butun dunyoga egalik qilmoqchi bo'lib avval ishni
dietadan boshlamoqda;
Возражать - qarshilik qilmoq:(Vazirjannat)Tasavvur qiling,sizning ko'zi ko'r vaziringiz siz uchun
jannatdan joy olmoqda,lekin farishtalar qarshilik qilmoqdalar;
Входить - kirmoq:(Vohid)Sinfdoshingiz Vohid imtihonga kirish uchun o'zini katta odamdek tutib
yana soqol ham qo'yib oldi;
Выбирать - tanlamoq;(Ibrat)Sochi oq Ibrat kiyim tanlash uchun yoniga mashhur dizaynerlarni
chaqirib,bozorni issiqda aylantirmoqda;
Выходить - chiqmoq;(Mixadib)Tasavvur qiling,omboringizdagi mix o'zini adib,deb o'ylab kitob
yozishni boshladi;
Говорить - gapirmoq;(Granit)Dunyodagi eng katta granit tosh siz bilan gaplashmoq uchun qanot
yoyib uchib keldi;
Готовить - tayyorlamoq;(Kattait)Tasavvur qiling,oshxonangizda katta it ovqat tayyorlamoqda;
Давать - bermoq;(Davlat)Tasavvur qiling,Rossiya davlati sizga tekinga uy va mashina bermoqda;

@rustilin