Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

ICHIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH TA’QIQLANADI Hozirgi | Потребитель Бухара🇺🇿

ICHIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH TA’QIQLANADI

Hozirgi kunda «Buxoro suv taʼminoti» MCHJ rahbariyati boshchiligida shahrimiz hududlarida ichimlik suvidan foydalanish holatlari, isteʼmolchilarning suv taʼminotidagi texnik holati, tarmoqga noqonuniy ulanish holatlarini bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan reyd tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Xususan, olib borilayotgan reydlar davomida bir qator tarmoqga noqonuniy ulanib olganlik holatlari aniqlanib, xuquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan boʻlib, tegishli tartibda tarmoqdan uzilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgarishlarga koʻra energiya resurslari, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish jinoyat deb hisoblanadi.

Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik suvi va oqova suv xizmatlaridan qonunlarimizga rioya qilgan holda foydalaning!


«Buxoro suv taʼminoti» MCHJ axborot xizmati
Cabinet Bot Telegram Facebook
Instagram Youtube Website Chat


Первый информационный в Бухаре
@potrebitel_bukhara