2022-04-07 20:43:16
#onlayn_NKM
Onlayn-NKM va virtual kassa cheklaridagi xatoliklarni tuzatish funksiyasi yaratildi
Yagona milliy katalog (tovar va xizmatlar) kodlari EHF, elektron shartnomalar, shuningdek onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarida majburiy aks ettirilishi belgilangan.
VM-489-son qarori 14.08.2020.
VM-249-son, 28.04.2021.
Soliq to‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda onlayn-NKM va virtual kassalar
cheklaridagi xatolarni tuzatish imkonini beruvchi funksiya yaratildi.
Buning uchun
“YSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” xizmatidan
“Cheklar bo‘yicha tushumlar” bo‘limiga kiriladi.
Ushbu bo‘limda
MXIK yoki
Komitent STIRi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan cheklar avtomatik ravishda alohida Excel fayllarda
shkallanadi. Shundan so‘ng
“Tahrirlash” bo‘limiga kirib ushbu fayllarda qayd etilgan cheklarni tegishli tartibda tahrirlash mumkin.
Onlayn-NKM va virtual kassa cheklaridagi xatolarni tuzatish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnomalar chek tahrirlash bo‘yicha qo‘llanmalar bilan birga soliq to'lovchilarning shaxsiy kabinetiga operativ tarzda yuboriladi.
Chek tahrirlash bo‘yicha qo‘llanma bilan bu yerda tanishing
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
3.5K views17:43