2023-05-15 11:23:46
O‘zbekistondagi Davlat xaridlari maktabiga qabul ochildi
Davlat xaridlari nima va u nima uchun shaffof bo'lishi kerak? Nima uchun biz ushbu sohadagi ochiq ma'lumotlar va qonunbuzarliklar haqida bilishimiz kerak? Ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilishni o'rganmoqchimisiz?
Mazkur maktab 2023-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi va asosiy e’tibor davlat xaridlari masalalarini o‘rganish hamda davlat xaridlari siyosati va amaliyotini tahlil qilishda fuqarolik jamiyati va jurnalistlar salohiyatini kuchaytirish, ochiqlik va hisobot berishni ilgari surish va rag‘batlantirishga qaratilgan. Loyiha O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida ACTED bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Maktabda mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar, shuningdek, tahliliy markazlar va jamoat tashkilotlari vakillari, blogerlar, davlat xizmatchilari, O‘zbekiston ishbilarmonlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Davlat xaridlari maktabi davlat xaridlari sohasidagi bilimingizni oshirish, xaridlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishish imkoniyatidir va dasturning eng yaxshi ishtirokchilari tadqiqot uchun mablag‘ olishlari mumkin bo‘ladi.
Davlat xaridlari maktabida ishtirok etish uchun 2023 yil 12-may kuninig oxirigacha ariza topshirishingiz mumkin. Buning uchun siz
ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldirishingiz kerak.
Ushbu havola orqali vebinarga qo'shilishingiz mumkin.
Kelgusi vebinarlar dasturi
28 views08:23