Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

NAVRO’Z – QADIM QADRIYATLAR TAROVATI “Navro‘z” umumxalq bay | "NAVOIYAZOT" АЖ

NAVRO’Z – QADIM QADRIYATLAR TAROVATI

“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar, tanlov va musiqali kechalar “Navoiyazot” AJda hamon davom etmoqda. Shukuhli bu kunlarda milliy ma’naviyatimiz rivojidagi eng muhim shodiyona bo‘lmish Navro‘z an’analari bo‘yicha yana bir ko‘rik-tanlov 34-elektr ta’mirlov sexi xodimalari o‘rtasida o‘tkazildi.

«Milliy qadriyatlarimiz qadri» mavzusidagi bellashuvda bahoriy taomlar, milliy laparlar, bayram tarixi to‘g‘risidagi zakiylar bahsi, sharqona va o‘zbekona urf-odat va an’analarga urg‘u berildi. Xususan, 5 nafar ishtirokchining milliy taomlarimizdan iborat bayram dasturxoni bezashi, lapar kuylashi, qadimiy o‘zbek liboslari namoyishi tanlov ko‘rkiga aylandi.

Tadbir ko’tarinki ruhda o‘tdi. Qatnashchilar turli nominatsiyalarda g‘olib deb topildilar. Yig’ilganlar ajdodlar qoldirgan ma’naviy xazinadan yana bir bora bahramand bo‘lishdi.

—————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram