2021-10-09 15:13:15
DIQQAT ESLATMA! TALABALAR SHOSHILING!!!
Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) BARCHA talabalarga 10 foiz chegirma berilmoqda
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-kontrakt summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.
Hozirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan
BARCHA davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga bir martalik 10 foizli chegirma bonusi berilmoqda.
Vaksinani to‘liq olishga ulgurmagan talabalar
SHOSHILING!!! Chunki 1-noyabrga ham sanoqli kunlar qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, imtiyoz 1-noyabrga qadar vaksina olgan quyidagi talabalarga taalluqli:
– bakalavriaturaning barcha bosqich talabalariga;
– magistratura (kilinik ordinatura)ning barcha bosqich talabalariga;
– kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida o‘qiyotgan talabalarga;
– joriy o‘quv yilida oʻqishini koʻchirib, super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan talabalarga;
– joriy o‘quv yilida bakalavriaturada super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan talabalarga;
Ko’rib turganingizdek,
BARCHA toifadagi talabalar imtiyoz bilan qamrab olingan!
Aziz talabalar, vaksinani to‘liq oling va toʻlov-kontrakt miqdoringizga 10 foizli chegirmaga ega bo’ling!
Zero, emlanish bugun xastalikka qarshi eng muhim choradir!
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
428 views12:13