Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bill Geyts falsafasi! Albatta òqing Uilyam Genri Geyts I | Жиззах Мобил Савдо

Bill Geyts falsafasi!
Albatta òqing

Uilyam Genri Geyts III bugungi kunda insoniyatning eng boy kishisi sifatida tanilgan. U o'z aqli va harakati bilan shu darajaga yetishgan. E'tiboringizga Bill Geytsning biznes falsafasini havola etamiz

13 ta ko'rinish:

1) Raqobatchilaringizni o'rganing. Men har kuni ertalab birinchi navbatda raqobatchilarimning ishlari
bilan tanishaman.

2) Qat'iyatli bo'ling. Rahbarning eng asosiy xususiyati yomon xabarni ham mardona qarshi olishdir.
Sovuqqon bo'ling va shunda har qanday muammo tezroq òz yechimini topadi.

3) Muvaffaqiyatga e'tibor bermang. U aldamchi va o'zgaruvchidir. Maqsadga erishdingizmi, joyingizda
o'tiravermang, yangi marrani ko'zlang. Raqobatchilar qo'l qovushtirib o'tirishmaydi.

4) Rivojlanish uchun sharoit yarating. Tajribali rahbar qo'l ostidagilarning ishlashi uchun yaxshi muhit va
sharoit yaratadi.

5) Bir ishni bajarishni mo'ljalladingizmi, unga bugunoq kirishing. Vaqtni boy bermang.

6) Mag'lubiyatdan qo'rqing. Qadam tashlashdan oldin uning to'g'riligiga to'liq ishonch hosil qiling,
qadam tashlaganingizdan keyin esa xulosa chiqaring.

7) Yangi texnologiyalardan foydalaning. Elektron vositalar mo''jizalar yaratishga qodir.

8) Olomondan ajraling. U har doim ham kerakli yo'nalishda ketmaydi. Har doim o'z yo'lingizni tanlang.

9) Siz maktabni bitiriboq yiliga 60 ming dollar maosh olmaysiz. O'zingiz erishmaguningizcha
kompaniyaning vitse-prezidenti bo'la olmaysiz. Buning uchun mehnat qilish darkor.

10) Agar ko'lmakka o'tirib qolsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo'q. Yig'lamsirab o'tirmasdan,
xatolaringizdan xulosa chiqaring.

11) Siz tug'ilguningizga qadar ota-onangiz hozirgidek asabiy, injiq, muhtoj emasdilar. Ular sizning kiyimlaringizni yuvib, yedirib-ichirib, kiydirib, erkalik va injiqliklaringizga chidab-chidab shu ahvolga tushganlar. Ularga jahl qilguncha o'zingizga "ota-onam bo'lmaganda kim bo'lardim?” degan savolni
bering.

12) Siz o'qigan maktabda hech kim yetakchilar va omadsizlarga ajratilmas, lekin hayotda bunday emas!
Maktabda yomon baholar qo'yilmas, to'g'ri javobni aytish uchun bir necha marta imkoniyat berilar. Lekin
haqiqiy hayotda bunday bòlmaydi!

13) Ko'zoynak taqqan yoki shalpangquloq bolaning ustidan kulmang. Vaqti kelib, uning qo'lida ishlab
qolishingiz mumkin.

P.s: Imkoni bòlsa bularni òzingiz uchun saqlab qòying!

@MobilSavdo1