Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

••••• Meni tabriklamang yangi yil bilan, Mo'min ekanimga shub | Mikko_81

•••••

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Mo'min ekanimga shubha uyg'otmang.
Uzoqlashib ketmay dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang sotmang.

Buzmangiz uyqumni cho'kkanida tun,
Cherkov zangisiday urulmasin bong.
Kecha shovqinlarga bo'lmasin tutqun,
Oddiygina otsin ertangi u tong.

Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarini buzmang iltimos.
Ko'ziyu ko'nglini Qur'onga qadab,
Bazo'r yolg'onlardan etyapman halos.

Archa keltirmadim hovlim sahnaga,
Shifo bo'lsa hamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Ko'ngil istaklari podshomi edi.

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
O'tgan bu umrimdan quvonay nechun.
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi do'stginam tushun.

Qordayin oqlikni tilamang aslo,
Oyoqlar ostida qolmoqchimasman.
Yaxshi niyat ili bersangiz hatto,
Bu kun hadyalarni olmoqchimasman.

Meni tabriklamang yangi yil bilan...


O'tkirbek MuhammadSobir she'ri
Qamariddin BekMuhammad o'qigan
@Mikkolontacino