Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#sunnatnitiklaymiz Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qili | Men Ham Namoz Oqiyman

#sunnatnitiklaymiz

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz o‘z ahliga (jufti haloliga) qo‘shilmoqchi bo‘lsa:

«Bismillahi, Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtanaa», desa, albatta, agar bundan ularga farzand taqdir qilingan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ma’nosi: «Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni yiroq qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsang (farzand)dan chetda qilgin».

Ushbu hadisdagi duo sharhida ulamolar quyidagi foydalarni eslatib o‘tadilar:

Alloh nomi bilan boshlanadigan barcha ishlarda baraka bo‘lur.

Agar ushbu duodan so‘ng Alloh taolo insonlarni farzand bilan rizqlantirsa, shu duo orqali go‘daklari shaytonning yomonligidan panoh topadi.

Shu duo sabab shayton bu bola ustidan hukmronlik qila olmaydi.

Bu duo yordamida bola turli ruhiy kasalliklardan panoh topadi.

Yana, chaqaloq tug‘ilganda badanida uchrashi mumkin bo‘lgan turli nuqsonlar yoki jin tegishidan mazkur duoning barakotidan forig‘ bo‘ladi.

Umri yakunida bu bola tavhidda – iymon kalimasi bilan dunyodan o‘tishiga sabab bo‘ladi.

Doniyor FAYZ


Manba: Azon.uz

@sunnatnitiklaymiz