Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

USU Психология Маркази

Логотип телеграм канала @mazmun_psixologiya — USU Психология Маркази U
Логотип телеграм канала @mazmun_psixologiya — USU Психология Маркази
Адрес канала: @mazmun_psixologiya
Категории: Психология
Язык: Русский
Количество подписчиков: 55
Описание канала:

𝑃𝑠𝑖𝑥𝑜𝑙𝑜𝑔 𝑚𝑎𝑠𝑙𝑎ℎ𝑎𝑡𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑘𝑎𝑛𝑎𝑙𝑖 .
Эзотерик (Қалбшунос) Соҳибжон Умматов
ℹ️ « USU » Психология Марказининг телеграмдаги расмий саҳифаси.
ℹ️ Инстаграм: instagram.com/usumarkazi

Рейтинги и Отзывы

4.00

2 отзыва

Оценить канал mazmun_psixologiya и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения 27

2021-05-07 14:20:48
#PSIXOLOGIK_TEST

Chigʻanoqlardan tanlang va ruhiyatingiz haqida bilib oling

Javob 17-30 da

@mazmun_psixologiya
146 views,, 11:20
Открыть/Комментировать
2021-05-07 12:20:08
СЕВГИ - Ўзингизга бўлган севги ва сизни ўраб турган ҳаётга, борлиқга бўлган ҳис - туйғудир.

СЕВГИ - бу БАХТ калитидир.
Ҳаётга, яқинларингизга ҳиссиётларингизни улашинг, уларга бўлган севгингизни тан олишдан қўрқманг.

Севгига очилинг, ҳар доим эслатиб туринг...
Баралла айтинг : " Бу ҳаётни гўзаллиги учун севаман, мен учун очилиб, БАХТ томон йул кўрсатгани учун севаман".

Ҳар бир инсонни борича севинг, сизни ҳаётингизда борлиги учун севинг, севгини кўпайтиринг.
Шундагина ҲАЁТ, БОРЛИҚ сиз берган даражада албатта ўзингизга бу СЕВГИ ни қайтаради.

@mazmun_psixologiya
157 views,, 09:20
Открыть/Комментировать
2021-05-07 10:45:14
Шам-одам

Одамлар сизни фақат иши тушгандагина эслашса хафа бўлманг, хурсанд бўлинг!
Демак, сиз худди шам мисолисиз, уларнинг ҳаёти зулматга чўмганда, уни ёритиш учун сиз томон шошиб қолишади.

@mazmun_psixologiya
157 views,, 07:45
Открыть/Комментировать
2021-05-07 07:22:16
#Камтарлик

Булар поябзал тозалавчи кишилар эмас. Аслида булар Япониядаги катта фабрикаларнинг раҳбарларидир. Улар корхонага қабул қилинган янги ишчиларнинг поябзалини тозалайдилар. Шу тариқа ўз қалбларидаги ва янги қабул қилинган ишчилар қалбидаги кибрни синдирадилар. Японияда бошлиқлар бошқа ходимлар сингари оддий ишчидир. Бошлиқларда қўполлик ва ходимларда уларга нисбатан хушомад йўқ.

Хайрли кун яхшилар

@mazmun_psixologiya
164 views,, 04:22
Открыть/Комментировать
2021-05-06 20:40:03
Ey baxtli Ayol!
Kelajakka ishon. Alloh sen bilan birgadir. Maloiklar, senga istigʻfor aytarlar. Jannat seni kutmoqdadir.
Parvardigoringa yaxshi gumon qilish bilan koʻz yoshlaringni artgin. Allohning senga bergan neʼmatlarini eslash bilan gʻamlaringni ketkaz!

Ayol!
Moʻjiza!
Oʻzini chetga olgan sari diqqat markazida boʻladi.
Berkingani sari qadri yuksaladi.
Omonatdorligi ortgani qadar unga ishonch ortib boradi.
Soliha ayol podshoh boshidagi toj kabidir. Toj tillodan boʻlsada ogʻirligi bilinmaydi. Unga ega boʻlgan dunyoga egalik qiladi.
Ayol!
Moʻjiza!
Dunyoning taqdiri uning zimmasiga yuklatilgan.
U toʻgʻri turgani sayin dunyo toʻgʻri turadi, u buzulsa dunyo buzuladi.
Ayol zardir, uning asl qadrini faqat zargar tushunadi.

Ayol soya kabidir. Oʻzini taʼqib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi.

Pokiza Ayol,
Iymondan keyingi Ulugʻ Neʼmatdir.

#Hayrli_tun

@mazmun_psixologiya
164 views,, 17:40
Открыть/Комментировать
2021-05-06 18:50:41 ​​#PSIXOSOMATIKA

AYOLLARDAGI KASALLIKLAR

Psixosomatika yashab o‘tilmagan tuyg'ular va kasalliklar o'rtasidagi bog'liqlikni tushuntiradi. Hissiyot bu energiya. Agar siz uni yashamasangiz, hech narsa bo'lmagandek, uni chuqur ichkariga haydasangiz, shunda u kasallik shaklida chiqish yo'lini topadi.

Ayollar kasalliklari asosan erkak bilan bo'lgan munosabatlarda, ijodkorlik, qo'rquv, jinsiy munosabatga norozilik, ayb, nafrat va shaxsiy chegaralar buzilganda namayon bo‘ladi.

Ayollar kasalliklarining PSIXOSOMATIKASI:

Miyadagi o'smalar, mioma, saraton (bachadon bilan bog'liq) - kimnidir ushlab tura olmaslik, yaxshi ayol emasman, erkak kishidan xafalik, farzand ko'rishga qo'rquv / katta istak, yaxshi ona bo‘plolmaganlik tuyg‘usi, yashayotgan uyiga sig‘dirmasliklari, u xohlagan o'choqni yaratishning iloji yo‘qligi, darhol aybdor sanayverishlaridan. Xatto bolaga o'zini tuyg'usini berolmasliklaridan kelib chiqadi.

Tuxumdonlardagi to'siq - takroriy ziddiyat. Homilador bo'lishdan qo'rqish / taqiqlash bilan bog'liq. Erkagiga ishonch yo'q. Miya bolani tahdid deb biladi. Shunda tuxumdonlar ichida chigalliklar hosil bo'ladi. Asta-sekin truba yo‘llari boylanib, torayib boradi.

Erta menopauza - bu erkakka nisbatan juda katta xafagarchilik, ayol kishini bor yoki yo‘qligini erkak sezmasligidan, ayol sifatida e'tibor olish xohishi.

Endometrioz (homilador bo'lishning iloji bo'lmaganda) - bu men o'rnimda emasman tuyg‘usi, homilador bo'lish jarayonini boshqarishning iloji yo'qligi, bu yerda bola tug'ilishi va bola bilan bog'liq qo'rquv bor degani.

Tuxumdonlar - ayollikni rad etish va uni yaratish qobiliyati yo‘q degan o‘y bor. Erkak kishiga ulardan yomon emasligini isbotlash istagi. O'zini keraksiz va hech kimday his qilish.

Polikistoz - muhim odamni yo'qotganlik tuyg‘usi. Abortlar, homiladorlik, o'tkazib yuborilgan homiladorlikdan keyingi afsuslar. Yoki bolalikdan jarohat olgan voqea (qotillik, yaqin kishining o'limi).

Siydik yo‘lining yallig'lanishi bu - ayolligi tan olinmaganda va jinsiy hayotda kamchiligi axtarilganda, shaxsiy chegaralarning buzilishi. Masalan, er kamsitadi. Yoki ishdagi boshliq.

Organlarning osilishi yoki matka tushib qolishi - bu endi ayol sifatida kerak emasligini his qilish. Masalan, yaqin kishining o'limidan keyin yoki menopauzadan keyin. Ayriliq yoki yo‘qotishdan keyin. Xatto o‘zini kerak emasman deb his qilganda paydo bo‘ladi.

Bachadon bo'yni eroziyasi (bachadon, endometrioz, tuxumdonlarda yallig‘lanish - bu avlodni davom ettirish bilan bog‘liq, homilador bo‘lish istagi va bachadon bo'ynida muammo bo‘lsa - shahvoniylik, seksuallik yetishmasligini o‘ylaganda, aziyat chekkanda) - erkak aldayotganida, nomaqbul jinsiy aloqani ayoldan xohlaganda, tashlab ketganida.

Ko‘rib turganingizday har bir kasallikning o‘z talqini bor. Agar sizda yuqoridagi kasalliklarning biron turi mavjud bo‘lsa va keltirilgan sabablari to‘g‘ri bo‘lsa, unda o‘z ustingizda ishlashingiz kerak degani. Ham tibbiy muolaja oling, ham ruxiy olishingiz kerak degani. Chunki tibbiyot tomonidan to‘g‘rilasangiz, lekin fikrlaringiz shundayligicha qolsa, hayotingiz o‘zgarmasa vaqt soat o‘tib yana qaytarilaveradi bu kasallik. Qiynalsangiz murojaat qiling, muammolaringizni yo‘lini birma-bir yechamiz.

t.me/mazmun_psixologiya
158 views,, 15:50
Открыть/Комментировать
2021-05-06 14:50:30 #JAVOBLAR

1. Muzli g'or.

Bu sizning qalb xotirjamligini qidirayotganingizning belgisidir. Siz yolg'izlikdan va hayotda keraksiz bo'lib qolishdan qo'rqasiz. Boshqa tomondan, agar ushbu g'or sizda qo'rquv uyg'otgan bo'lsa, u holda siz ichki tomondan o'zingizni o'z o'rningizda his qilasiz va to'g'ri yo'ldan ketayotganingizni bilasiz. Bundan tashqari, ushbu yo'lni tanlash siz mehr-muhabbat izlayotganingizni anglatadi, sizga g'amxo'rlik va iliqlik yetishmayapti.

2. Tunnel.

Agar bu rasm sizda qo'rquv uyg'otgan bo'lsa, demak, hayotda o'zingizni namoyon etish qiyin kechadi. Siz o'z dunyoyingizda adashib qolasiz, his-tuyg'ularingizni va fikrlaringizni ifoda etishingiz, odamlarga ishonish qiyin. Siz barcha his-tuyg'ularni ichingizda saqlashga moyilsiz. His-tuyg'ularingizni oshkor qilishni o'rganing, shunda hayotingiz ancha osonlashadi.

3. Tashlandiq bino.

Siz kuchli va aqlli odamsiz. Ammo bu tanlov sizni yopiq odam sifatida tavsiflaydi. Ba'zan siz bu dunyodan qochib ketasiz va hatto eng yaqin odamingizni ham yoningizga yo'latmaysiz. Siz o'zi o'ziga yetarli va talabchan odamsiz. Shunga qaramay, siz ko'proq ochiq va hissiy hayot kechirishga, ko'proq muloqot qilishga intilasiz.

4. Yog'och uy.

Agar siz ushbu buzilib ketgan uyning eshigidan qo'rqsangiz, bu yaxshi alomat. Ayni paytda siz sevgi va nafosatga to'lasiz, bularning barchasini kim bilandir baham ko'rishingiz kerakligini his qilmoqdasiz. Yaqinlaringiz uchun ko'p narsaga tayyorsiz. Moliyaviy ahvolingizdan xavotirdasiz. O'zingiz xohlagan narsaga erishish uchun uzoq yo'l bosib, fikrlaringiz ustida ishlashingiz lozim.

5. Quduq.

Quduqqa tushib ketishdan qo'rqasizmi? Siz o'zi o'ziga yetarli va o'ziga ishongan odamsiz. Yopiqlik, cheklashlar va erksizlikdan qo'rqasiz. Hayotda sizga sarguzasht, quvonch va ijobiy his-tuyg'ular yetishmaydi. Katta ehtimol bilan, ayni paytda siz qanday hayot kechirayotganingizdan bezovtasiz. Qafasni sindirib, o'zingiz xohlagan tarzda yashashni boshlang!

6. Quyon uyasi.

Siz noaniqliklardan qo'rqasiz. Siz o'zingizni izlayapsiz, missiyangizni tushunishingiz, o'z maqsadingizni bilib olishingiz va hayotingiz mazmunini topishingiz siz uchun juda muhim. Siz o'zingizni o'rganishni va nima bo'layotganini tahlil qilishni yaxshi ko'rasiz.

7. Yerto'la zinapoyasi.

Ushbu yerto'laga kirishdan qo'rqasizmi? Katta ehtimol bilan, yaqinda ketma-ket omadsizlikdan aziyat chekdingiz, siz bilan ko'ngilsiz hodisalar yuz berdi, juda ko'p azob chekdingiz. Zina hayotning izdan chiqib ketishini, to'kilgan barglar - hayot bosqichlarining o'zgarishini anglatadi. Bu degani, siz hali ham o'tmishdagi fikrdasiz. Ichingizda qo'rquv bor - muammolaringiz doimo ergashib yurishidan qo'rqasiz. Aslida ularni o'zingiz bilan siz olib yurasiz. O'tmishni, xafagarchilik va salbiylikni qoldiring va ijobiy narsalar haqida o'ylashni boshlang.

8. Qamoqxona eshigi.

Qamoq - bu nafaqat mahkumlikning ramzi. Bu, shuningdek, siz o'rgangan hayotdan farq qiladigan boshqa hayotning belgisidir. Ushbu tanlov sizni mehnatsevar va qat'iyatli inson sifatida tavsiflaydi. Siz qadam-baqadam muvaffaqiyatga borasiz, aniq maqsadlaringiz bor. Ammo qalbingiz tubida hotirjamlik, yengillik va qulaylikni xohlaysiz. O'zingizga tanaffus bering!

t.me/mazmun_psixologiya
144 views,, 11:50
Открыть/Комментировать
2021-05-06 13:35:16
#PSIXOLOGIK_TEST

Eshiklardan sizga qo'rqinchli tuyulib, qo'rquv uyg'otgan eshikni tanlang. Ichki olamingiz va kechinmalaringizga nima yetishmayotganini bilib oling.

Javob 16-35 da

@mazmun_psixologiya
150 views,, 10:35
Открыть/Комментировать