Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#JAVOBLAR stulni tanlasangiz Hozir siz ucun dam olish muh | USU Психология Маркази

#JAVOBLAR

stulni tanlasangiz
Hozir siz ucun dam olish muhim. Tashvishlaringiz juda ko'p va juda charchagansiz. Ko'p narsalardan va voqealardan charchagansiz. O'z kuchingizni tiklab, o'zingiz intilgan narsani bajarishda davom etishingiz uchun biroz ishlaringizni to'xtatib dam olganingiz ma'qul. Agar tabiat qo'ynida suv bo'yida dam olsangiz yanada yaxshi bo'lar edi. Suv yomon energiyalarni yuvib, energiya va tetiklik bahsh etishi ma'lumdir.

stulni tanlasangiz
Siz do'stlaringiz davrasida anchadan beri bo'lmagan ko'rinasiz. Shinam kafeda oqshomni do'stlar davrasida o'tkazish hozir siz uchun eng kerakli narsa. Do'stlar o'zlarining qaynoq munosabatlari va qo'llab quvvatlashlari bilan sizga o'zingizga ishonch uyg'otadilar. Ular bizni qo'llashga va foydali maslahat berishga yoki shunchaki bizning yutuqlarimizga xursand bo'lishga va bizning xafachiliklarimizga hamdardlik bildirishga doim tayyorlar. Qadrli insonlar bilan ko'rishish - hozir siz uchun eng kerakli narsadir.

stulni tanlasangiz
Xonadoningizda yaqin insonlar bilan bo'lish - hozir siz uchun muhim. Balki siz qilishni orqaga surgan ishlaringiz yig'ilib qolgandir va siz xech narsa sizni bezovta qilmasligi uchun bu ishlarni bajarib olishingiz kerak. Yana siz shinam uy oqshomlarini va oilangiz a'zolari bilan dildan qurilgan suhbatlarni sog'ingan bo'lishingiz mumkin. Har qanday holda ham oilangiz bilan bo'lish siz uchun zarur.

stulni tanlasangiz
Hozir sizning ishlaringiz uchun samarador vaqt. Barcha vaqtingizni va diqqatingizni ishingizga sarflashingiz lozim. Hozir sizning ishingizda sizning diqqatingzni talab qiluvchi yangi jarayon boshlanayotgan bo'lishi mumkin. Yoki hozir sizning karyerangiz uchun qulay vaqt bo'lishi mumkin. Variantlar ko'p, lekin sizning diqqatingizni bu stul tortgan bo'lsa demak siz ich ichingizdan qanchalik hozir ishingizga ko'p vaqt sarflashingiz zarurligini tushunayapsiz.

t.me/mazmun_psixologiya