2022-09-30 11:24:23
Uzum ombori va logistikasi haqida 6 ta savol:
Sizning o'z omboringiz bormi?
Ha. Bizning Toshkentdagi omborimiz allaqachon ishlamoqda. Yaqin orada u kengayib, 28 000 kvadrat metrni tashkil etadi va 20.000.000 mahsulotni o'z ichiga oladi. Unda marketpleysning barcha tovarlari qabul qilinadi, saqlanadi va saralanadi. Ombordan tashqari, Tovarlarni Tayyorlash Markazi (TTM) va fotostudiya ham ishlaydi.
Yetkazib berishni kim amalga oshiradi va buning uchun qo'shimcha to'lov bormi?
Tovarlarni yetkazib berish Uzum marketpleysi jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun xaridorlardan ham, sotuvchilardan ham qo'shimcha to'lov olinmaydi. Bizning kuryerlik xizmatimiz, o'z avtomobil parkimiz va noyob xizmatimiz buyurtmalarni hamisha o'z vaqtida yetkazib berish imkonini beradi.
Qanday qilib foydalanuvchi o'z buyurtmasini olishi mumkin?
Uzum marketpleysi foydalanuvchilari uchun yetkazib berish kuryer orqali eshikkacha yoki buyurtmalarni tarqatish shohobchalaridan birigacha (BTSh) amalga oshiriladi.
BTSh qanday ishlaydi?
Ayni paytda 11 ta BTSh ochilgan: siz manzillardan biriga kelib, o'z buyurtmangizni buyurtma qilingan paytdan boshlab 5 kun ichida soat 10:00 dan 19:00 gacha olishingiz mumkin. Barcha BTShlarda qulay kiyib ko'rish xonalari va mahsulot sifatini tekshirib ko'rishingiz mumkin bo'lgan maxsus zona mavjud. 2022-yil oxirigacha shohobchalar soni 29 taga ko'payadi. 18 ta tovarlarni tarqatish shohobchasi Toshkentda va 11 tasi boshqa shaharlarda — Namangan, Samarqand, Andijon, Farg'ona, Buxoro, Qarshi, Qo'qon, Navoiy, Marg'ilon va Jizzax shaharlarida joylashadi.
Tovarlarning o'lchamlari bo'yicha qanday cheklovlar mavjud?
Qadoq hajmi uch tomonning yig'indisi bo'yicha (kengligi+chuqurligi+balandligi) 190 sm'dan oshmaydi. Tomonlardan birining maksimal uzunligi 120 sm'dan oshmaydi, tovarlarning ruxsat etilgan maksimal vazni – 15 kg.
Siz va sizning logistika infratuzilmangiz bilan ishlashning biznes uchun qanday afzalliklari bor?
Mahsulotlaringizni bepul saqlash
Foydalanuvchilarga buyurtmalarni bepulyetkazib berish
Bepul qaytarish
Foydalanuvchiga buyurtmani 1 kun ichida yetkazib berish imkonini beradigan yaxshi yo'lga qo'yilgan logistika jarayonlari.
Bizga qo'shiling!
862 views08:24