Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

ADLIYA FAXRIYLARI HOLIDAN XABAR OLINDI Bayramlar va alohida s | Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

ADLIYA FAXRIYLARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya idoralarida koʻp yillar mehnat qilgan, koʻplab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylarni holida xabar olinib, ularga ehtirom koʻrsatish anʼanaga aylangan.

Ana shu xayrli ishlarni davom ettirish va ularni Mustaqillik bayrami bilan qutlash maqsadida boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan tizim faxriylari xonadonlariga borilmoqda.
Marhamatlik Mavludaxon Madumarova uzoq yillar FHDYo tizimida samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriylardan.

Istiqlol bayrami arafasida boshqarma masʼullari boshchiligida tuman adliya boʻlimi xodimlari onaxonning xonadonida mehmon boʻlishdi.
Mehmonlar ustozni ayyom bilan tabriklab, bayram sovgʻalari va vazirlik tomonidan ajratilgan mablagʻni topshirdilar.

Soha fidoiylarini ragʻbatlantirib va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlanayotganidan minnatdor boʻlgan Mavludaxon aya Adliya vazirligi va boshqarma xodimlariga oʻz minnatdorligini bildirdi.

КРИЛЛДА