Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Prezidentimizning 2021-yil 13-aprel kunidagi PQ-5072 qarori bi | Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

Prezidentimizning 2021-yil 13-aprel kunidagi PQ-5072 qarori bilan fuqarolar byudjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilish, balki, byudjet mablag‘larini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashish uchun ham imkoniyat yaratilgandi.

Shu imkoniyatdan unumli foydalangan tumanimizdagi 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi ham «Openbudjet» loyihasida faol ishtirok etishdi va maktabni moddiy bazasini boyitishga muvaffaq bo'lishdi.

Hozirda «Openbudjet» loyihasi bo'yicha maktabga ajratilgan 300 000 000 (uch yuz million) so'mlik mebel va inventarlar, o'qitishning texnik vositalari maktabga keltirildi. Ayniqsa, maktab jamoasi bir necha yildan buyon jihozsiz turgan tadbirlar zalini to'liq jihozlanganidan juda xursand.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.