2021-08-29 06:19:03
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey
ESLATMA
Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30-avgust kuni oʻtkaziladi 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari
2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi.
Bunda test sinovlari:
-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos
2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan
20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga
1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan
maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun
3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa
1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun
ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan
kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun
ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.3K views03:19