Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Angliyada qirolicha Viktoriya davrida tibbiyotning muqobil y | Levelmed - медицинский центр в Ташкенте

​​Angliyada qirolicha Viktoriya davrida tibbiyotning muqobil yoʻnalishlari urfda boʻlgan, gidroterapiya ham shular jumlasiga kirgan. Tebranuvchi-vannalar davolovchi vosita sifatida yuqori talabga ega mahsulotlardan biri hisoblangan, ushbu vanna shu tarzda loyihalashtirilgan ediki, uni ichida oʻtirgan inson vannani tebratgani sari dengiz toʻlqinlaridan bahramand boʻlayotgandek oʻzini xis qilgan.

Ammo, bunday uskunada yotgan holda tebranish insonlar uchun unchalik ham yoqimli mashgʻulot boʻlmagan. Eski suratlarda aks ettirilgan insonlarning yuzalarida sohilda dam olayotgandek tinchlik va huzurlanish aks etmagan: bu kabi hajmdagi vannani tebratish uchun yetarlicha darajada jismoniy kuch talab etilgan.

Bunday vannalarni zamonaviy rusmda yaratish ixtirochining fikriga u bolalar argʻimchoqlari yoki akvaparklarda joylashgan inson ikki chetini ushlagan holda pastga qarab sirgʻanib uchadigan vositalarni oʻrganayotgan vaqtida kelgan.

Ixtiro imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun xavfsiz hisoblanadi. Ular endi oʻzga insonlarning yordamisiz vanna qabul qilish imkoniyatiga egalar. Bu juda ajablanarli!

Telefonlar:
+998 (71) 200-03-23
+998 (71) 241-28-11

Telegram: @levelmed_chat

Mavzu: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻcha, 21 v uy (moʻljal: Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).