Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Ushbu nozik kasallik holati boʻyicha odatda 'ochiq gapirilma | Levelmed - медицинский центр в Ташкенте

​​Ushbu nozik kasallik holati boʻyicha odatda "ochiq gapirilmaydi". Ayollarda siydik tutmaslik - bu doimiy tarzda takrorlanadigan noqulayliklar, yoqimsiz hid va oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotish kabilar demakdir.

Dunyo boʻylab millionlab ayollar beixtiyoriy siydik ajralishi yoki uni tutib turolmaslikdan azoblanadilar. Bunday holat yoʻtal, aksirish, kulgu vaqtida yoki ogʻir buyumlarni koʻtarish vaqtida kuzatilishi mumkin.

Ba'zi holatlarda ushbu muammo mustaqil kasallik sifatida emas, balki asosiy kasallikning bir alomati koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin. Shu sababli davolash tadbirlarini rejalashtirish vaqtida ushbu holat nazarda tutilishi lozim.

Siydik tutmaslik ayollarda koʻp hollarda menopauza davrida yuzaga keladi, shuningdek qattiq asabiylashish yoki charchash oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Ushbu kasallik boʻyicha shifokorga uchrashish qanchalik noqulay boʻlmasin, bunday vaziyatda oʻzboshimchalik bilan davolanish mumkin emas.

Siydik tutmaslik bilan bogʻliq muammolar boʻyicha nafaqat ginekolog-shifokorining maslahati, shuningdek endokrinolog-shifokorining maslahati ham kerak boʻladi. Baʼzi holatlarda jarrohlik yoʻli bilan davolash talab etiladi.

Telefonlar:
+998 (71) 200-03-23
+998 (71) 241-28-11

Telegram: @levelmed_chat

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻch., 21v uy (Moʻljal: Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).