Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ertalabdan talabalardan murojaat: Assalomu alaykum Bunyod aka | KREDITNIKI

Ertalabdan talabalardan murojaat:

Assalomu alaykum Bunyod aka. Aka TTJ-1 ning "V" blogida taxminan 3 haftadan beri lifti ishlamaydi. Qachon to'g'irlaysilar desak biz bilmaymiz matori kuygan deb qutulishadi. Emishki liftga 4 kishi chiqqan ekan lift buzulganmish. Nima endi 4 ta ahmoqni kasriga butun boshli blok javob bermaydiku?
7-8-9-qavatdagilar bundan tashqari nogironlar juda ham qiynalib ketdi. Xuddiki ma'sullar faqat xo'ja ko'rsinga ish yuritayotganday. Talabalarda universitetga nisbatan norozilik kayfiyati shakllanmoqda. Pulingni olyapsanmi sharoitni ham qilib qo'yda. Nuqul talabalarni aybdor qilmasdan o'z ishlarini joy joyida bilib-bilib qilishsa yaxshi bo'lardi. Tez-tez buzilsa yangisini qo'y!!!
Yil boshida yarim yillik to'lovni qurtday sanab olishni bilasanlar heh o'rgildim senlardan. Yotoqxonaning "V" blogida turuvchu istalgan talabadan so'rasangiz aytishadi lift qachondan beri ishlamayotganini
.

Murojaatchi shaxsi sir saqlanishini iltimos qildi.

Men yotoqxonada turmaganman, siyosatini bilmayman. Lekin bir narsani hamma tasdiqlaydi. Lift, tekshiruvchi kelganda sogʻ turishi uchun "pochti" ishlatilmaydi.
Bu huddi yangi krossovka olib uni faqat uyga mexmon kelganda uy ichida kiyishday gap. Sizlarga qanday bilmadimu men uchun kulguli. Bilaman liftlar SSSR davridagi liftlar. Eskirgan, taʼmirtalab. Yuqoridan ularni almashtirish uchun pul ajratilmaydi. Lekin bu degani liftni oʻchirib qoʻyib talabalarni qiynash kerak degani emas. Yuqori qavatda liftsiz yashash azobligini yaxshi bilaman.

Oʻzi komendantni joyini 9-qavatdan qilib berish kerak


@kreditniki