Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Kanal tashkil topganiga hash-pash deguncha 3 yil ham toʻlibdi. | KREDITNIKI

Kanal tashkil topganiga hash-pash deguncha 3 yil ham toʻlibdi.

Shu davr ichida kanal ne kunlarni boshdan kechirmadi.
Kanal faoliyati davomida
3 marta rektor;
4 marta kredit boʻlimi boshligʻi;
4 marta taʼlim tizimi;
10 dan ortiq adminlar almashdi.

Shov-shuv ham koʻtarildi, muammolar yechildi, yolgʻon axborot tarqatuvchisiga aylandi.

Lekin kanal faoliyatida bir narsa oʻzgarishsiz qoldi, yaʼni uning tashkil topishidan koʻzlangan maqsad "Talabalar mushkulini yengil qilish, nohaqliklarga qarshi tura olish, haqqoniylikni taʼminlash".

3 yil ichida biror marta shu yoʻldan ogʻmadim, bosimlardan qoʻrqmadim, ayyorliklarga aldanmadim, murojaatchilarni sotmadim.

3 yil davomida menga, kanal faoliyatiga ishonch bildirib, doim yelkadosh boʻlgan 2590 ta aʼzoning barchasiga katta rahmat.

Kim ekanligingiz va ota-onangiz sizdan kutayotgan umidlarni yodingizdan chiqarmang! Ana shunda sizdan oʻz kasbining yetuk mutaxassisi yetishib chiqadi!

Hurmat va ehtirom ila BUNYOD DILSHODOVICH va
@kreditniki kanali maʼmuriyati