Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Muammo nimada? Диванная критика Doim kanalda rektor yoki umu | KREDITNIKI

Muammo nimada? Диванная критика

Doim kanalda rektor yoki umuman rahbariyat tomonidan qilinayotgan ishlar yoritilsa ayrim talabalar negativ fikr yozishadi. Xoh bu ishlar talabalar foydasiga boʻlsin xoh Universitet foydasiga!

Bilaman kanal va uning auditoriyasi Universitetda boʻladigan nohaq ishlar uchun negativ munosabat koʻrsatib faoliyat yuritadi. Lekin bu faqat nohaq ishlar uchun! Kanal faqat muammolarni emas ularning yechimi yoki shunday muammolar tugʻilmasligi uchun qilinayotgan ishlarni ham yoritishi kerak va yoritadi.

Misol uchun bugun rektor oshxonalarni aylanib narxlar, ovqatlar, sharoitlar bilan tanishdi. Narxlarni asossiz oshirmaslik, talabalarga jabr qilmaslik soʻraldi.
Xoʻsh buning nimasi negativ fikr bildirish uchun sabab?

Agar hech kim bunga eʼtibor qaratmasa, narxlar oshxona xohlaganday qoʻyilsa unda nima qilasiz? Arzingizni kimga aytasiz? Rahbariyatgami?

Paxta qoʻying demayman, shunchaki xolis boʻling! "Yana ochadigan eshigingni qattiq yopma" deyishgan. Talabalar muammosi shu rahbariyatsiz bitmaydi. Xoh yotoqxona, xoh taʼlim jarayoni, xoh qayta oʻqish masalalari.

Men koʻpchilik rahbariyatdagilar xonasiga talabalar muammosi bilan kirsam hafa boʻlishadi. Talabalar yozayotgan izohlarni qara biz haqimizdagi deb. Shu talabalarga yordam beraymi men? deyishadi. Qanday yordam soʻrashni ham bilmay qolaman. Yer yorilmaydiyu men kirib ketmaymanmi. Yana shu izohlar mening kanalimda. Yana oʻz nomidan emas qanaqadur kanallar nomidan yozishadi(мужики).

Xolis boʻlaylik. Xolislik moʻminga xos fazilat!


@kreditniki