Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Muammoning yechimi bitta: 'Yotoqxonada haqiqatdan ham turmagan | KREDITNIKI

Muammoning yechimi bitta: "Yotoqxonada haqiqatdan ham turmaganingizni isbotlash!"

Yotoqxona yil boshidan uzluksiz ishlagan, yaʼni talabalar yashagan. Yanvar oyida oʻqimaganligimiz sababli yashaganlar uchun 1 oylik chegirma qilingan. Ular fevraldan oʻqish, qayta oʻqish yoki qoʻshimchalarga borib yana pul toʻlab turishgan. Fevraldan roʻyhat shakllantirish iloji boʻlmagani uchun barcha talabalar uchun pul yozilib boshlangan.

Endi siz:

guruhdagi yotoqxonada turadigan barcha talabalar yigʻilib dekan yoki uning muovini nomiga ariza yozasiz!
Ariza ostiga ism familiyangiz sana va imzo qoʻyasiz.
Uni dekan yoki uning muoviniga imzolatasiz!
Arizani C 155 xonaga olib kelib berasiz.


Siz ham xursand, buxgalteriya boʻlimi ham!

Ushbu muammoni hal qilish boʻyicha yoʻllanma tez orada tyutor va starostalarga yetkaziladi.

Muammoni hal qilishda yordamini ayamagan:

Universitet Bosh hisobchi muovini Behzod aka Fayzullayev nomiga bitta duo qilib qoʻysangiz yetarli.


@kreditniki