Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Kutmaydigan yosh... Kimdandir nimadir kutmaydigan yoshga ke | kitobоокнига♾

​​Kutmaydigan yosh...

Kimdandir nimadir kutmaydigan yoshga kelish kutib-kutib baribir kuttirmaydigan qilib yuborishlaridan deb bilaman. Kutganing bilan dumli besh oladigan davrlar qayda endi. Insonlardan, narsalardan yoki o'zim (o'zligimda) shikoyat qilish niyatida emasman.
Hech kutmaysan, na qarshilik, na javob, insonlardan manfaat yoki allanarsalar,

Hatto pallali tarozida e'tiborsizlikning pallasi og'irlashsada, kimdir qarshi taraf og'irligini to'ldirishi tashvishlantirmaydi.

Chunki sen qanchalik tirishma bu hayot kutmaslikka (bosib, yanchib o'tib ketishga) o'rgatadi, unday veradi. Qaror olish va uni o'z hayotingga qo'llash esa mana shu nuqtada bilinadi. Sen ham hammadek yashamoqchimisan "rahm qilishing bilanoq past nazarda bo'lishadi" deya yoki haliyam rahm-shafqat insoniylik tushunchangni umumlashtiruvchi tarafmi?

Hayot bilaman deb "bilganlaring"ni boshingga tushganida boshqacha yashab o'tasan,

Hayotida bir martta bo'lsada yo'lida qoqilmagan inson aslida ko'p narsani bilaman deb atrofga boqishini bugun o'rgandim. Bugun o'rganganim butun umrga tatigandek,

Hayot menga o'rgatayotganlariga bir martta bo'lsada "welcome" deya olish endi jasoratdan emas tizzalarimni qoqib-qoqib turishni o'rganganimdan.

Hali hanuz hammadan farqli emasligim lek hammadek ham emasligimni his qilaman...

p.s. bu arada herkese kendini öğrenmek kolay gelsin,

#ichimdagi_kitobdan

@kitobooknigam