Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Kitobli urf-odatlar ;) bugun kelin tomondan mehmonlar kelin | kitobоокнига♾

​​Kitobli urf-odatlar ;)

bugun kelin tomondan mehmonlar kelinni sarpalarini olib kelishdi, tashishga yordamlashyabman va birdan bir paket kitoblar kelin sarpadan chiqdi, (voh-voheyo)
ichim oydinlagandek quvoniib ketdim, atrofdagilar sezmadi buni. (kulib qo'ydim)

Kitoblar ekanligini bilganimdan so'ng intiq bo'lib, qiziqqanimdan tezroq ochishsada, qanaqa kitoblar ekan-a, nahotki kitobli kelin kelayotgan bo'lsa degan o'y fikrlar o'taverdi. (Kutganda vaqt asrdek tuyiladi)

Atayin aylanib o'rgilib yuraverdim, axiri ul on keldi. Paketdan kitoblarni chiqarisharkan, men sekin sanayabman, nomlari qanday ekan deya, hammasi hammasi o'qiganlarim deb kulyabman va o'zim hali ko'rmagan, hali honadonimizga kelmagan kelinni tasavvurimda jonlantirib bo'ldim,

Hali Kelinchak bo'lmagan qizlarga bo'lajakdagi yaxshi niyatla yig'iladigan sarpoyingizda "kitoblar" ni ham o'rni bo'lsin...
"Kelinimizni sarposida kitoblari ko'palekaan" deb quda tarafdagilar sizni intiq kutsin,
Kitoblaringiz bilan honadoningizni boyiting )) kitobli kelinchaklar

@kitobooknigam