Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​'shunchalik-mi yomg'iringni qo'msading?' hali Kuz kelmasida | kitobоокнига♾

​​"shunchalik-mi yomg'iringni qo'msading?"

hali Kuz kelmasidan mana shu yog'moqchi bo'lgan yomg'irdan so'ragim kelgan ko'p narsa bor...
derazam ochiq - yerni hidi kelyabti, bu huzun - huzurdir menga,
ko'zimni yumib ichimga tortyabman, o'pkamni to'ldirgunga qadar.

ajabo aynan hozir shaxarni qaysi qismlari bu baxtga erishdi ekan-a, qay yerlarga to'vba tomchilari yog'moqda axir yomg'ir yerga tushdi degani kimningdir to'vbasi qabul bo'lagnidan darak emasmi?

Darrov o'rnimdan turib avvalo honam eshigini yopaman chunki derazadan kirgan bu hidli havoni qo'yib yuborgim yo'q,
yopdim, ichimdan yolvoraman, yolvorganim shu havo qolsin yonimda,
o'girilaman-u deraza panjarasiga qadar 2 qadam,
ko'zimga
bo'gzimga taqalgani
yosh yoki
yomg'irmi,
yo'q

to'rli pardamni asta tutib juda ehtiyotkorlik bilan tashqariga boqaman
va yoshlarim dumalab ketadi...
insonni tavba qilishi uchun "so'z"larga ehtiyoji bormikan?!
tavbani his etishi uchun-chi?
ba'zan insonni o'zidan so'rolmagan kechirimlari bo'ladi,
va o'z-o'zini kechira olmagan taraflari,

...

Qachon meni tavba yomg'irim yog'adi?

@kitobooknigam