Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Vaqti-vaqti bilan turli sabablarga ko'ra alohida kompaniyalarn | KAP DEPO

Vaqti-vaqti bilan turli sabablarga ko'ra alohida kompaniyalarning aksiyalari fond birjasi ro'yxatidan chiqib ketadi. Masalan, bugun " Tashkentvino Kombinat" AJ aksiyalari birja ro'yxatdan chiqarilgani e'lon qilindi.
Bunda holatda minoritar aksiyadorlar nima qilishlari kerak?
Delisting - bu Birja tomonidan kompaniyaning aksiyalarini kotirovka ro'yxatidan chiqarilishi.
Delistingning uchta asosiy sababi:
- qimmatli qog'ozlar birja talablariga mos kelmasligi yoki emitent tomonidan kerakli hisobotlarni taqdim etmaslik;
- emitentning qoniqarsiz moliyaviy holati yoki uning bankrotligi;
- emitentning istagi.
Shunday qilib, ro'yxatdan chiqarilishning barcha holatlarini ikkita toifaga bo'lish mumkin - birja tashabbusiga va emitentning xoxishiga ko’ra. Agar Kompaniya aksiyalari Birja tomonidan qo'yiladigan talablarga javob bermasa kompaniya aksiyalari ro'yxatdan chiqarilib, savdolardan chetlashtiriladi.
Shuningdek, kompaniyalar o'zi xam delisting tarafdori bo’lishi mumkin. Bunga bir necha sabablar bor, eng keng tarqalgani bu bir yoki oz sonli aksiyadorlar qo'lida asosiy aksiya paketini birlashtirishdir. Shuningdek, listing xarajatlarini kamaytirish.

Agar sizning aksiyalaringiz delisting qilingan bo'lsa, nima qilish kerak?
Sizning aksiyalaringiz savdolardan chetlashtirilganligi sabablariga qarab, bu biroz bezovta qiluvchi yoki juda yomon yangilik bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, siz quyidagi usullardan birini bajarishingiz mumkin:
O'z aksiyalaringizni ular savdodan yechilishidan oldin soting (agar delisting RFB tomonidan oldindan e'lon qilingan bo'lsa).
Aksiyalarni saqlab qoling.
Aksiyalar savdolardan olib qo'yilganiga qaramay, siz uning egasi bo'lib qolasiz. Sizning aksiyalaringiz hali ham broker tomonidan saqlanadi va siz unga bo'lgan barcha huquqlarni, shu jumladan dividend olish huquqini saqlab qolasiz. Shunday qilib, agar kompaniya yaxshi dividend tarixi yoki yaxshi istiqbolga ega bo'lsa, u holda aksiyalarni saqlab qolish eng to’gri qaror bo'lishi mumkin.
Birjadan tashqari bozorda likvidlik nisbatan kam bo'lganligi sababli, aksiyalarni siz qiziqtirgan narxda sotish biroz vaqt talab qilishi mumkin. Shunday hodisalar xavfini kamaytirish uchun barqaror moliyaviy ko'rsatkichlarga ega kompaniyalar aksiyalarriga etibor berib, investitsiya portfelingizni yaxshi diversifikatsiya qilish tavsiya etiladi. Kompaniyalar moliyaviy hisobotlarini, dividend to'lash istiqbollarini hamda umuman, minoritar aksiyadorlarga nisbatan rahbariyatning munosabatini diqqat bilan kuzatib borishingiz lozim.