Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

2022-yil 1-sentabrdan … Ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishl | Как понять бухгалтерский учет

2022-yil 1-sentabrdan …

Ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvarga qadar xalq taʼlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 % miqdorida belgilanadi.

2025-yil 1-yanvarga qadar Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reestriga kiritilgan hududlardagi umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar bo‘lgan va ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:
Reestrga kiritilgan hududda joylashgan obyektlar bo‘yicha yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i 50 % imtiyoz qo‘llangan holda hisoblanadi;
ularda ishlovchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondiga ijtimoiy soliq 1 % stavkada hisoblanadi.

2024-yil oxiriga qadar
yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi;

Fuqarolar va yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi hamda ularni davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlari orqali elektron tarzda hisobga olish tizimi joriy etiladi.