Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki v | Как понять бухгалтерский учет

Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa cheklarini tahrirlash yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
VM-255-son qaror 12.05.2022-yil

Ushbu huquqdan 7 545 ta tadbirkorlik subyekti 5,1 mln dona cheklarda QQS summasi, MXIK, komitent STIR, o‘lchov birligi va soni o‘zgargan holatlarda foydalangan.

Shu bilan birga 21-iyunga qadar chop etilgan cheklarni tahrirlash bo‘yicha 621 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida shu yilning o‘tgan davri uchun 2022-yil 10-iyulga qadar my.soliq.uz orqali cheklarni tahrirlashga ruxsat beriladi

Xarid summasining 1 %i qaytarilgan (keshbek) cheklar bunda mustasno.