Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Endi onlayn nazorat-kassa texnikasi chekida komitent – jismoni | Как понять бухгалтерский учет

Endi onlayn nazorat-kassa texnikasi chekida komitent – jismoniy shaxs yoki norezident ma'lumotlarini ko‘rsatish mumkin

My.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida norezident yoki jismoniy shaxslar bilan komissiya shartnomasi asosida mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu turdagi komitentlarni qo‘shishning texnik imkoniyati yaratildi.

Norezident yoki jismoniy shaxs komitentni qo‘shish uchun:

1. “Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” bo‘limi tanlanadi.
2. “Komitent shakllantirish” menyusidan komitent turi, Komissiya shartnomasi fayllari va murojaatchi telefon raqami kiritiladi.
3. Jo‘natilgan ariza, avtomatik tarzda qabul qilinadi va ustunning pastki ro‘yxat qismida shakllanadi.
4. Bunda “Komitent ID raqami” qatorida 9 sondan iborat unikal raqam shakllanadi
5.Ushbu 9 sondan iborat unikal raqam onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari “komitent STIRi” qatoriga kiritiladi.