Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ma’lumki, bizning kompaniyamiz mamlakatdagi eng yirik ish beru | Карьера в Anglesey Food

Ma’lumki, bizning kompaniyamiz mamlakatdagi eng yirik ish beruvchilardan biridir.
Bundan tashqari, biz o'sib, rivojlanayapmiz.
Bu o'sish mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarga bog'liq va uning natijasidir.
Bu yerda shu islohotlardan biri haqida gap ketadi.
Ma'lumki, mamlakatda aholi sonining o'sishi hisobiga har yili yarim millionga yaqin hamyurtlarimiz mehnat bozoriga chiqishadi.
Bu maktab va universitet partalaridan endigina chiqqan, ko'pincha ish tajribasi va kasbiy mahoratga ega bo'lmagan yigit-qizlar. Oxirgi holat ularning ishga joylashish imkoniyatlarini kamaytiradi, chunki ko'pchilik ish beruvchilar tajribali xodimlarni qidirishadi.
Bunday vaziyatda davlat nima qiladi? Bu yoshlarga qanday yordam berish mumkin?
Joriy yilning may oyidan boshlab, Prezident qaroriga binoan, 25 yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun ish o'rinlari yaratgan korxonalarga ish haqi jamg'armasining 12 foizi bo'lgan YaIT (yagona ijtimoiy to'lov) pullari qaytarib beriladigan bo’ldi.
Bu juda muhim rag'bat.
Masalan, kompaniyamiz doirasida bu summa oyiga 300 million so'mdan oshadi. Va ma’mnunlik bilan aytamanki: bu pul haqiqatan ham qaytarilayapti!

Yondashuvning o'zi ham juda quvontiradi.

Hech qanday avvalgi zamonlardogiday buyruqbozlik, majburiyatlarni yuklash, jarimalar bilan qo’rqitish emas, balki farqli o’laroq ijobiy motivatsiya va iqtisodiy rag'batlantirish.
Bu oxirgi yillarda davlatning biznes va tadbirkorlikka bo'lgan munosabatidagi juda yaqqol o'zgarishlarni ifodalaydi.

Yetakchi chakana savdo tarmog'i sifatida biz har doim yoshlarni o'z safimizga xush kelibsiz, deb qabul qilamiz. Biz minglab va minglab yoshlarning mehnat faoliyatidagi boshlang'ich tayanch nuqtasi bo’lib kelganmiz.
Ammo endilikda yoshlarni ishga yollash buning ustiga juda manfaatli bo'ldi.