Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

'Roadmap kerak' loyihasi Assalomu alaykum barchaga do'stlar! | IT programmers

"Roadmap kerak" loyihasi

Assalomu alaykum barchaga do'stlar! Dotnet Academy jamoasi yangi "Roadmap kerak" loyihasini ishga tushurish arafasida.

Xabaringiz bor, .NET texnologiyasini biladigan insonlarga talab O'zbekistonda ortib bormoqda. Texnologiyani rivoji uchun oz bo'lsada xissa qo'shish maqsadida, hozirda akademiyamizda "foundation" va "chuqurlashtirilgan" kurslar tashkil qilingan. Lekin hamma ham bu kurslarda o'qishga imkon topa olmayabdi. Shuni xisobga olgan holda, yangi bir loyihaga qo'l urmoqchimiz.

Loyiha haqida qisqacha:
Albatta har qanday ilmni puxta egallanishi uchun, ustoz kerak bo'ladi. Chunki o'zingiz bormoqchi bo'lgan joyni aniq va ravshan ko'ra olsangiz, unga erishish ham tezlashib boradi. Dasturlashni kurslarga qatnamasdan ham o'rgansa bo'ladi, lekin bu sizga ilk qadamlarda biroz qiyin bo'ladi. Internet olamida, duch kelishingiz mumkin bo'lgan aksariyat savollarga javob bor. Hammasidan to'g'ri foydalana olsangiz bo'lgani. Biz ishlab chiqqan loyiha, yo'lingiz aniq bo'lishligi uchun xizmat qiladi.

Darslar asosan self-study(yakka o'qish) ko'rinishida olib boriladi. Ya'ni, biz sizga 1 hafta davomida o'rganishingiz kerak bo'lgan resurs va topshiriqlarni taqdim etamiz. Sizni doimiy tarzda nazorat qilib, vazifalarni tekshirishni o'z bo'ynimizga olamiz. Ko'rib turibsizki, biz sizga yaxshi roadmap va resurslarni taqdim etamiz, o'rganish esa o'zingizdan. Guruhlarda o'quvchilar soni 15 kishidan iborat bo'ladi.

Talablar:
Ingliz tili(Intermediate)
Kompyuter savodxonligi

Loyiha hozrcha test rejimida ishlayotganligi bois, atiga bitta guruh tashkil qilamiz va ularni quyidagi savollarga bergan javoblari orqali saralab olamiz:

Savollar:
1. Kelajakdagi maqsadingiz nima?
2. Aynan nima uchun sizni ushbu kursga olishimiz kerak?

Savollarga javoblarni @dotnet_feedback_bot da yozib qoldiring.